Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Joriy yilning 14-oktabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

1. Fuqarolar huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish va odil sudlovni ta’minlash to‘g‘risida tuman sudlari tomonidan 2021-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

2. Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 2021-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman prokurori Oʻ.Mamatkulovning hisoboti;

3. Tuman mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Ergashevning 2021-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

4. Tumanda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tuman hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Omonov hamda tegishli mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

5. 2021-yil III chorak yakuni bo‘yicha Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish va unda kelib tushgan murojaatlar ijrosining tahlili yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xudayqulovning axboroti;

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Payariq tumanidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri O.Saidovning 2021-yil III chorak ish faoliyati yuzasidan axboroti va boshqa masalalar.

 

2015-2024 © Payarik district department of government. Maked by: SAKTRM