"Eng namunali boshlang‘ich tashkilot" ko'rik-tanlov g'oliblari aniqlandi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Payariq tuman "Madayinat uyi" da O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirishni targ‘ib qilish maqsad qilingan tanlov yakuniga ko‘ra, ishtirokchilarning natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, I o'rin, II o'rin, III o'rin va nomenatsiyalar aniqlandi. Tanlovda I o'rin g'olibi AT "Xalq banki" Payariq filiali xodimi Mamasoliyeva Xoliniso Erkinovna viloyat bosqichiga tavsiya etildi. Shuningdek, faol ishtirokchilarga va sovrindorlarga tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Payarik district department of government. Maked by: SAKTRM