Kitob bayrami

Image_tadbir: 

Viloyat hokimining 2018 yil 21 maydagi “Kitob bayrami”ni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga ko‘ra tumanda ishchi guruhi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Yoshlar bog‘i va uning atrofida obodonchilik ishlari olib borildi. “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida o‘tkazilgan “Kitob bayrami”da  kollej va maktab o‘quvchilari, aholining keng qatlamlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda respublikamizning nash­riyotlari tomonidan keyingi yillarda nashr etilgan mumtoz va eng sara badiiy adabiyotlar, ensiklopedik lug‘at va ma’lumotnomalar, bolalar adabiyotlari namoyish etildi. Kitobxonlik madaniyati targ‘ibotiga oid ulug‘ allomalar va adiblarimiz o‘gitlari yozilgan bannerlar tayyorlandi. Shuningdek, bog‘da sahna tayyorlanib, unda “Kitobxonlarni qutlaymiz” shiori ostida yosh iste’dod sohiblari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Tadbirda “Eng yaxshi kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Men sevgan asar qahramoni” kabi sovrinli viktorinalar va “Kitob o‘qishni yoqtiraman” mavzusida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazildi.

Aytish kerakki, tadbir ishtirokchilar, ayniqsa yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi.

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM