Qabristonlarning bugungi kundagi ahvoli, obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilganligi

Bugun tuman hokimi o'rinbosari Husniddin Bolibekov "Qabristonlarning bugungi kundagi ahvoli, obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilganligi" mavzusida ma'lumot berdi.

 

- Payariq tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi balansida 129 ta qabriston bo‘lib, joriy yilning fevral va mart oylarida qabristonlarda bir qancha obodonlashtirish va qurilish tadbirlari olib borildi. - deudi H.Bolibekov anjuman avvalida.

Jumladan, 2023-yil fevral oyida qabriston qoravullari tashabbusi bilan joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamkorligida mahalliy aholini jalb etib, qabristonlarda hasharlar tashkil etildi. O‘tkazilgan hasharlar davomida qabristonlarning xududlari begona o‘t qoldiqlari va has-hashakdan tozalandi. Bugungi kunda qabristonlarda mavjud ariqlarni kovlash va tozalash, daraxtlarga shakl berish, ohaklash, shuningdek, qabriston ma’muriy binolarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan hasharlar va obodonlashtirish tadbirlarida 12 500 nafarga yaqin ko‘ngilli bo‘lgan aholi qatlamlari faol ishtirok etib, qabristonlarning 410,2 gektardan ortiq maydoni obodonlashtirildi. Hasharlarda qabristonlar hududidagi 9 500 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, 5 600 metr ariq va zovurlar qazildi. Hashar davomida 5 500 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Qabristonlar xududi begona o‘t qoldiqlari, has-hashaklardan tozalanib, 12,5 tonnadan ortiq chiqindilar chiqarib tashlandi.

Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bilan bir vaqtda qurilish ishlari ham davom ettirilmoqda. Jumladan, “Fidokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Oqtosh ota”, “Toxirshayx” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Toxirshayx ota”, “Qirqovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qoravultepa”, “Toxirshayx” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Nayman ota”, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Darvozagaza”, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Cho‘qmozor”, “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sog‘ish ota”, “Boshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi  “Qo‘shtepa”, “Navbaxor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Normatobod”, “Qumchuq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi  “Qumchuq”, “Juvozxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yaloqtepa” qabristonlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

 

 

2015-2024 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM