
Tuman hokimining o'rinbosari Farrux Omonov ishtirokida "Yangi O'zbekiston shiori ostida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.
Buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib, o‘tgan qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lini bosib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-241-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tegishli qarorlar qabul qilinib chora-tadbilar rejasi ishlab chiqildi. Mustaqilligimizning 32-yilik shodiyonalari “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida tuman markazidagi “Amfiteatrda”, Chelak shahrida, bundan tashqari tumanimizning eng chekka hududlari bo‘lgan “Oqqo‘rg‘on”, “G‘allakor”, “Polvonariq”, “Nakurt”, “Do‘stlik” mahallalarida bayram tadbirlari ko‘tariki ruhda tashkil etildi.
Ushbu tadbilarda poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlarning tashrifi hamda ularning ona vatanni, mustaqilligimizni math etuvchi kuy-qo‘shiqlari tumandoshlarimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Bundan tashqari tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida, yo‘llar va aholi gavjum joylarda mustaqilligimizni aks ettiruvchi 300 dan ortiq targ‘ibot banerlari joylashtirildi.
Darhaqiqat, bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, inson qadrini ulug‘lashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning eng asosiysi ya’ni mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yilligi shodiyonasida Respublikamiz miqyosida qolaversa tumanimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar zamirida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram dasturlari qolgan mahallalarda ham davom etmoqda.
Bundan tashqari joriy yilning avgust oyida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida tuman aholisi, nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida “Zakovat”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Salomatlik uchun besh ming qadam”, sport musobaqalari “maxallabay” tarzda 20 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Barcha qilinayotgan ezgu ishlarimiz inson uchun, siz aziz halqimiz uchun ekanligi quyida tilga olinadigan ijtimoiy sohadagi yutuqlarimizni ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Tumanimizda 2022-2023 oʻquv yilida 5,2 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 2 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida va 8,4 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, “Madaniyat” mahallasidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktab filialida loyiha qiymati 2 mlrd 200 mln.soʻmlik mablagʻ hisobiga quvvati 120 oʻrinli bino qurilish ishlari 100%ga bajarilib, bugungi kunda foydalanishga topshirildi.
“Koʻltoʻsin” mahallasidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida loyiha qiymati 3 mlrd. soʻm mablagʻ hisobidan qoʻshimcha 180 oʻrinli bino qurilish ishlari 100%ga bajarilib, bugungi kunda foydalanishga topshirildi.
“Oʻymovut” mahallasidagi 33-DMTTda loyiha qiymati 4 mlrd 200 mln.soʻmlik mablagʻ hisobiga quvvati 120 oʻrinli, bino qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar 80% bajarilgan.
“Kattasaydov” mahallasidagi 46-DMTTda loyiha qiymati 4 mlrd 200 mln.soʻmlik mablagʻ hisobiga quvvati 120 oʻrinli bino qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar 90% bajarilgan.
Tumanimizda ham 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda har bir mahallada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Jumladan, joriy yilda 4 ta mahallalarning yangi ma’muriy binolari qurilib, 6 ta mahallalarning eski binolari mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, 3 ta mahallalarining yangi binolarida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Qurilish sohasida joriy yilda davlat dasturiga asosan tumanda 3 ta 100 xonadonga mo‘ljallangan arzon narxdagi uy-joylar qurib bitkazilib, hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazildi.
Kelgusida tumanimizni yanada obod va ko‘rkam qilish e’tibor markazida bo‘lishini va ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytirilishi bildirildi.