Navbatdagi sayyor sud majlisi o'tkazildi

Jinoyat ishlari bo'yicha Payariq tuman sudi tomonidan 13-sentabr kuni tumandagi qizil toifaga kirgan “M.Ulug‘bek” hamda “Gʻoyib ota” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi o‘rtasida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sayyor sud majlisida tuman sudining raisi E.Olmosovning raisligida huquqbuzar N.Q., M.J. va Sh.A.larga (O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi), huquqbuzarlar A.O‘. va S.M.larga (O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi), huquqbuzar B.Sh .ga (MJtKning 592-moddasi 1-qismi), huquqbuzar J.X. ga (MJtKning 41-moddasi), oid ma’muriy ishlar hamda F.Xamrayev va F.M.larga (JKning 73-moddasi), S.R. ga (JKning 74-moddasi) oid materiallar ko'rib chiqildi.
Shuningdek, tuman sudining sudyasi S.Sodiqovning raisligida huquqbuzar S.U. ga (MJtKning 198-modadsi 1-qismi), huquqbuzar J.R. ga (MJtKning 133-moddasi 1-qismi) oid ma’muriy ishlar hamda U.A. va F.N.larga (JKning 73-moddasi) oid materiallar sayyor sud majlisida muhokama etildi.

2015-2023 © Payariq tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM