
Tuman hokimining o'rinbosari Husniddin Bolibekov ishtirokida tumanda elektr ta'minoti holati va kamchiliklar, sohada amalga oshirilishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida anjuman o'tkazildi.
Payariq tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tuman aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2023-yil davlat dasturlari asosida 1991 dona temir beton ustunlar o‘rnatildi, 79,640 km tarmoq tortilib rekanstruksiya qilindi hamda 28 dona transfarmator punktlari olib kelib o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda yana 8 dona transformator punktlarini yangidan o‘rnatish hamda 162 dona temir beton ustunlarni o‘rnatish ishlari yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.