
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.
Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Payariq rumani hokimi ishtirokida koruppsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi.
Muloqot davomida tumanda korrupsiya bilan bog'liq holatlar, ularni oldini olish borasida amala oshirilayotgan ishlar bo'yicha ma'lumot berildi.
Jumladan, 2023-yil shu kunga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida jami 14 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, shundan 13 ta jinoyat ish qo'zg'atilgan, 1 ta ma'muriy ish yuritilgan.
Bu borada ishlarni yanada kuchaytirish bo'yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo'limi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.