Navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi

Bugun tuman 1-sektor rahbari Z.Ergashev va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xudoyqulov tomonidan "Farovon" mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning bir qator muammoli masalalari, jumladan ichimlik suvi, ichki yo'llarni asfaltlash, aliment undirish, uy-joy olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaatlari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o'rganib chiqildi. Har bir kelib tushgan murojaatlarni joyida o'rganish va ijobiy yechimi bo'yicha zarur choralarni ko'rish yuzasidan mutasaddilarga aniq ko'rsatmalar berildi.

2015-2024 © Хокимият Пайарыкского района. Разработан в: SAKTRM