Suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash borasida olib borilayotgan ishlar

Payariq tumanida fermerlar va aholi ishtirokida ochiq muloqot tarzida suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash borasida olib borilayotgan ishlar uchrashuvlar o‘tkazildi. Payariq tumanida 40 817 gektar sug‘oriladigan maydon bo‘lib, 2022-yil hosili uchun 12 289 gektar maydonda boshoqli don mahsulotlari, 10 054 getkar maydonda go‘za parvarishlanmoqda hamda 17 944 gektar aholi tomorqalari bog‘-tokzorlar va boshqalar mavjud.

Ushbu ekin maydonlarini sug‘orishda Payariq tuman irrigasiya bo‘limi tasarrufidagi 97,6 km irrigasiya tarmoqlari va ulardagi 160 ta gidrotexnik inshootlar, 9 ta nasos stansiyalari, 53 ta sug‘orish quduqlaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunda 12 289 g‘alla maydonlarida to‘liq bahorgi sug‘orish ishlari yakuniga yetkazilgan. Shuningdek, 2022 yil hosili uchun parvarishlanayotgan paxta maydonlarini sug‘orish hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini suv bilan ta’minlash maqsadida tuman chegarasidan 21,5 m3/sek suv sarfi qabul qilib olinib, olinayotgan suvning 15,05 m3/sek (70 foiz) qismi g‘o‘za maqdonlariga, 6,45 m3/sek (30 foiz) qismi boshqa qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish uchun yo‘naltirilgan. Olinayotgan suv sarfi bilan bir kunda jami 968 gektar ekin maydonlari, shundan 677 gektar go‘za, 290 gektar aholi tomorqalari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari sug‘orilmoqda. Bugungi kunga qadar 10 054 gektar g‘o‘za maydonlarida birinchi sug‘orish ishlari yakunlanib ikkinchi sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda. Olinayotgan har 1,0 m3/sek suv sarfi bilan o‘rtacha 45 gektar maydonda sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Przeidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-144-sonli qaroriga asosan Payariq tumanida jami 3145 gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish belgilab berilgan. Shundan, 2850 gektar paxta maydonlarida, 100 gektar bog‘larda, 195 gektar tokzorlarda joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda rejani amalga oshirish maqsadida 775 gektar paxta maydoniga 19,208 mlrd.so‘mlik pudrat shartnomlari rasmiylashtirilgan. 
Shu jumladan, Payariq klaster tomonidan 620 gektar maydonga 15,488 mlrd. so‘mlik bank krediti, “Samarqand Cotton Claster” tomonidan o‘z mablag‘lari 155 gektar maydonga 3,720 mlrd. so‘mlik pudrat shartnomalari rasmiylashtirilgan. 
Tomchilatib sug‘orish texnologiyalarining joriy etilishi “Samarqand Cotton Claster” tomnidan 155,0 gektar maydonning 105,0 gektarida yakuniga yetkazilgan, Payariq klaster tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan 620,0 gektar paxta maydonlariga bank tomonidan 6,0 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-sonli qaroriga asosan kollektor sug‘orish tarmoqlarini xizmat ko‘rsatuvchi maydonlari hududidagi klaster korxonlariga berish. Payariq tumanidagi 40 817 gektar sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida jami 579 km ochiq kollektor-drenaj tarmoqlari xizmat ko‘rsatib kelmodqa.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-sonli qarori 5-bandiga asosan tumandagi klaster korxonalari balansiga jami uzunligi 346 km bo‘lgan 450 ta ochiq kollektor-drenaj tarmoqlari klaster korxonlari balansiga xatlovdan o‘tkazilgan holda berildi. Shundan, “Payariq klaster” MCHJ ga uzunligi 132,9 km bo‘lgan 189 ta, “Samarqand grain klaster” MCHJ ga uzunligi 86,3 km bo‘lgan 131 ta, “Samarqand Yangiyer text” MCHJ ga uzunligi 97,8 km bo‘lgan 112 ta, “Samarqand Cotton Claster” MCHJ ga uzunligi 29 km bo‘lgan 18 ta ochiq kollektor-drenaj tarmoqlari dalolatnoma asosida berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Quyi bzg‘inlarda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv ist’yemolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-145-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurlarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 196-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman irrigasiya bo‘limi tarkibida “Maxsus xizmat” tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan maxsus xizmat hamda suv iste’molchilari o‘rtasida shartnomalar rasmiylashtirilib suv yetkazib berilmoqda. Shartnomaga asosan iste’molchi tomonidan o‘tkazib berilishi belgilangan mablag‘lar “Maxsus xizmat” hisob raqamiga to‘lab berilmasa, ajratilgan suv sarfi to‘xtatilmoqda. 


 

2015-2024 © Хокимият Пайарыкского района. Разработан в: SAKTRM