Sog'lom turmush tarzi targ'iboti bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun Payariq tuman hokimi o'rinbosari F.Omonov ishtirokida “Sog'lom turmush tarzi targ'iboti bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida anjuman o'tkazildi.

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga keng jalb etish, ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyatini targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Tumandagi 2 ta  sport maktablari bugungi kunda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga sportning 23 ta (shundan 16 ta olimpiya, 3 paralimpiya, 2 ta milliy, 2 ta noalimpiya) sport turi bo‘yicha 76 nafar murabbiylar ishlab kelmoqda. Shundan, 24 nafari xotin-qizlar.

Murabbiylarning 30 nafari oliy, 26 nafari tugallanmagan oliy, 20 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Ulardan 3 nafar trener-o‘qituvchi oliy, 6 nafar birinchi toifali, 5 nafar ikkinchi toifali trener-murabbiylar saboq berib kelmoqda.

Tumanda jami 458 ta sport inshootlari jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, 3 ta stadion, 78 ta sport zali, 1 ta suzish havzasi (xususiy tadbirkorlar tomonidan), 93 ta basketbol, 104 ta voleybol, 64 ta gandbol, 62 ta futbol maydoni, 4 ta fitnes zal, 36 ta mini futbol (32 tasi sun’iy qoplamali) sport inshootlari tumanimiz fuqorolariga xizmat qilib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6099-conli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida 1-SEKTOR xududidagi “Go‘zal” maxallasida 7 ta “Workout”, 6 ta “Stritbol”, 1 ta “Badminton”, 5 ta “Veloturargoh” turli xil trenajor jihozlari o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu sport inshootlarida tumanimiz fuqorolari muntazam shug‘ullanib kelmoqda.  

Joriy yil davlat dasturi doirasida tumandagi “Alisher Navoiy”, “Farovon”, va “Go‘zal” maxallalarida 3 ta “Workout”, 3 ta “Stritbol” maydonchalari qurulish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirish arafasida ekanligi, shuningdek, “Baxrin”, “Taraqqiyot”, “Go‘zal” “Xo‘ja Ismoil” mahallalarida uzunligi 16 450 metr, shundan 5 km uzunlikdagi tuman markazida velosiped va salomatlik yo‘lakchalari bunyod etildi.

 Bu sport maydonchalari yaqin kunlarda tumanimiz aholisi uchun foydalanishga topshiriladi.

Joriy yilda foydalanishga topshirilgan sport obektlaridan 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi futbol stadionida loyiha qiymati 4 mlrd 500 mln so‘mlik 900 o‘rinli tribuna qurildi.

“Qumchiq” mahallasida joylashgan 1-son sport maktabi binosi 212 990 000 mln.so‘mlik mablag‘lar hisobiga joriy ta’mirlandi.

Sport maktablarini moddiy texnik bazasi sport jihozlari 76% taminlangan.  Kuz-qish mavsumiga mavjud qozonhonalar tamirlanib, 81 tonna ko‘mir zahirasi g‘amlangan.

2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinganligining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har bir sektorda marafon yugurishlar, sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

2022-yilning shu davri mobaynida tumanimiz sportchilari viloyat musobaqalarida ishtirok etib, 55 ta oltin, 85 ta kumush, 122 ta bronza, Jami 262 ta medallarni qo‘lga kiritdi.

Respublika miqyosidagi musobaqalarda 64 ta oltin, 58 ta kumush, 112 ta bronza, jami 234 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

2022-yilda milliy terma jamoa asosiy tarkibga 22 nafar, zaxira tarkibiga 27 nafar o‘quvchi-sportchilar kiritildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 412 ta ommaviy sport tadbirlar o‘tkazildi. Ularga jami bo‘lib 118 094 nafar tuman aholisi (44,5%) jalb etilgan bo‘lib, shundan 44 324 nafari (16,7%) xotin-qizlardir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Besh muxim tashabbusi” doirasida chora-tadbirlar rejasi belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar bo‘yicha aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish maqsadida “Yoshlar xaftaligi”, “Mahalla va nuroniylar xaftaligi”, “Ta’lim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, musobaqalari, mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turidan “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi” va “Charm to‘p”, “Dinamo 2-liga” futbol o‘yinlari, tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida “Gimnastrada”, erkak hodimlari o‘rtasida “O‘zbek polvoni” kurash musobaqasi va  “Turon” yakka kurashidan Samarqand viloyati ochiq birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Haftaning shanba kunlari aholi, korxona-tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Sog‘lom xayot uchun 5000 qadam” sog‘lamlashtirish yurishlari, ertalabki badantarbiya mashqlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

Tuman markazida "Sport-sog‘lik garovi" shiori ostida "Payariq 50 yilligi", "Cho‘lpon", "Yangi hayot", “O‘yingoh” va “Ho‘ja Ismoil” ko‘chalari bo‘ylab ommaviy yurish marafonlari hamda “Sportni sev sport bilan yasha!” shiori ostida yanvar oyida sportning shaxmat, shashka, fevral oyida voleybol, mart oyida stol tennis, aprel oyida badminton, may oyida basketbol, iyun oyida mini-futbol, avgust oyida voleybol,sentabr oyida stol-tennisi turlaridan tuman birinchiligi musoboqalari bo‘lib o‘tdi.

BESH TAShABBUS OLIMPIADASI

1-mavsumi aprel, may va iyun oylarida tuman-viloyat va Respublika bosqichlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, 7-30 yoshgacha bo‘lgan 59 545 nafar (53,1%) yoshlarni qamrab olindi.

Tumanimiz yoshlari  viloyati bosqichida 2 ta I o‘rin, 4 ta II o‘rin, 6 ta III o‘rin jami 12 ta o‘rinlarni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Respublika bosqichida 12 ta sport turidan jamoalar ishtirok etib WORKAUT sport turidan 1 ta I o‘rin qo‘lga kiritganligi bois, tumanimizga 1 ta universal sport maydoni, STOL TENNISI hamda ShAShKA sport turidan III o‘rinlarni egallaganligi uchun  2 ta WORKAUT sport maydonchasini kurilishi rejaga muvofiq bajarilib kelinmoqda.

Tumanimizda sportning futbol, mini-futbol turi bo‘yicha 16-30 yosh o‘rtasida DXX kubogi tashkil etilganligi g‘olib bo‘lgan mahallalar viloyat bosqichida ham faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, sportning Shaxmat turi bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallaganligi sababli, Respublika final bosqichining Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan musoboqasida tumanimiz sportchilari faol ishtirok etib qaytishdi.

2-mavsumi sentabr oyida 1 bosqichi maxallalardagi ko‘chalar kesimida bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimiz 7-30 yoshgacha yoshgacha bo‘lgan 52 749 nafar (47,4%) yoshlarni qamrab olindi.

Sportning “stol tennisi”, “shaxmat-shashka”, “yengil atletika”, “Voleybol”, “Stiritbol”, “Workaut”, “Mini futbol”, “Quvnoq startlar”, “Arqon tortishish” va “Milliy kurash” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

“Besh tashabbus” olimpiadasining 2 mavsumining oktabr oyida 2-bosqichi sektorlar kesimida 15 445 nafar yoshlar (13,8%) ishtirok etishdi. 3 bosqichiga start berilgan.

Sektor rahbarlarining tashabbuslari bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari

1-sektorda sportning Futbol, Turon yakkakurashi, Taekvondo WTF kurash turlaridan “HOKIM KUBOGI” musobaqalari o‘tkazildi.

2-sektorda milliy kurash, karete-do, shaxmat, turidan “Prokuror kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

3-sektorda voleybol, gandbol sport turida kattalar o‘rtasida Respublika turneri va badminton turidan “Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

4-sektorda basketbol, mini-futbol, stol tennisi turlaridan “Sektor rahbari kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi PQ-5279 sonli Qarori bilan “Sport ta’limi tizmini tubdan takomillashtirish orqali OLIMPIYa VA PARALIMPIYa sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumandagi 1- va 2-sonli sport maktablarida paralimpiya bo‘limlari parataekvondo, paradizyudo, paravelosport, paraqilichbozlik turlarini rivojlantirib malakali trenerlar bilin ta’minlanib mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

 

2015-2024 © Хокимият Пайарыкского района. Разработан в: SAKTRM