Navbatdagi o'quv soati O’zbek tilining davlat tili sifatida qo’llanilishini kengaytirish, rivojlantirish va takomillashtirish to’g’risida o'tkazildi

Bugun Payariq tuman hokimligida navbatdagi o'quv soati bo'lib o'tdi. Hokimlik xodimlari ishtirok etgan o'quv soatida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari F.Omonovning ma'ruzasi tinglandi.

O'quv soati qatnashchilari uchun mavzuga doir videolavha namoyish etilib, shundan so'ng tuman hokiminig ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi A.Aminxonovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 12 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan  chora-tadbirlar dasturi,  Dasturda davlat tilining internet tarmog‘idagi nufuzini oshirish, axborot texnologiyalari vositasida o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar bo'yicha ma'ruzasi tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-sonli “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Payariq tuman hokimining 2020-yil 27-yanvardagi 38-Q-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar ahqida ham to'xtalib o'tildi.

Savol-javoblarga boy o'tgan o'quv soatida faol ishtirok etgan xodimlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM