Murojaat rahbarlar tomonidan joyida o‘rganildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha  videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Birinchi galda, odamlarni murojaat qilishga eng ko‘p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o‘zida bartaraf etish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi alohida ta'kidlangan edi. Tuman hokimi D.Musinov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xudoyqulov va tegishli mutaxassislar ishtirokida "Xalqobod" mahallasi aholisi tomonidan tushgan muammoli masala mahallaning o‘zida o‘rganildi. Yo‘lni ochish, ko‘chani tartibga keltirishdagi muammo ijobiy yechim topgan bo‘lsa, ziddiyatli bo‘lib turgan masala yuzasidan qonuniy tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


 

2015-2021 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM