Sektor rahbari tomonidan murojaatlar hududlarda o'rganilmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida tizimli muammolar va

ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni rahbarlar tomonidan mahallaning o‘zida bartaraf etish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi alohida ta'kidlangan edi. Bugun 1-sektor rahbari D.Musinov "Baxrin" mahalla markazida fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammoli murojaatlarini o'rgandi. Aholi tomonidan bo'lgan bir qator muammoli masalalar yuzasidan mahalla raisi ishtirokida atroflicha tushuntirish berilib, murojaatlarning yechimi bo'yicha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatmalar berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM