Aholi orasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Joriy yilning 8-sentabr kuni "Chorshanba - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni" munosabati bilan

tuman hokimligi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Chelak shahrida joylashgan bozor va yondosh aholi xonadonlarida olib borildi. Tadbir davomida bozor ichida o‘t o‘chiruvchi avtomabillarning harakatlanish taktikasi, shuningdek,  sotuvchilarga yong‘in vaqtida harakatlanish sxemasi tushuntirilib, yong‘inning oldini olish borasida zaruriy tavsiyalar yozilgan eslatma varaqalari tarqatildi.
Targ‘ibot tadbirida mas’ullar tomonidan aholiga kerakli tavsiya berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM