Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz ?

Fuqarolarning saylov kompaniyasida ishtirok etish yo‘li bilan saylash va saylanish huquqini amalga oshirishi, jamiyat va davlat ishlarida bevosita va o‘z vakillari orqali ishtirok etishi huquqi saylov orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov qonunchiligi bir qator yangiliklarni o‘z ichiga olgan.

Xususan:

-Qonunchilik palatasida Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish insituti tugatildi;

-nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan ko‘rsatish tartibi bekor qilindi;

-saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solindi;

-siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig‘ishda saylovchilar tomonidan bir qancha partiyalarni yoqlab imzo qo‘yish imkoniyati berildi;

-saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasining ovozlarini sanash to‘g‘risidagi bayonnomasining zudlik bilan jamoatchilik muhokamasi uchun 48 soat kam bo‘lmagan vaqtda ilib qo‘yish tartibi o‘rnatildi;

-uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin amalga oshiradigan aniq harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutildi, jumladan, ovozlarni sanash, bayonnomalarni tuzish, okrugi saylov komissyalari bilan o‘zaro aloqalari va h.k    

-uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi;

-xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyalari a’zolari nomzodlari bo‘yicha jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o‘rnatildi;

-saylovlarda ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;

Barcha fuqarolar saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklardan xabardor bo‘lishlari va o‘zlarining saylov huquqlarini amalga oshirishda bu  imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari lozim.

 

T.Qodirov,

Samarqand viloyat sudining sudyasi,

Sh.Sharipov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi.

 

 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM