Payariq tumanida qancha yoshlar "Yoshlar daftari" da qolmoqda?

Bu haqda bugun tuman hokimligida "Aholi salomatligini mustahkamlash va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida o'tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma'lumot berildi.

Anjumanda jurnalist va blogerlar ishtirok etib, tuman hokimining o'rinbosari Farrux Omonov mavzu yuzasidan batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Aholi salomatgi, tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida bir qator ish amalga oshirildi.

Jumladan, 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida 5469 o‘ram mikronutrient kukuni olib kelingan va hozirda birlamchi tibbiyot sanitariya muassasalari tomonidan bolalarga tarqatilayapdi.

 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijrosi oktabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi.

 2-10 yoshdagi bolalar 100% gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha 1-turda 61400 dona maxsus preparatlar olib kelinib, 50933 donasi 2-10 yoshdagi bolalarga tarqatildi va 2-tur shu yilning oktabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-sonli qarori mazmun-mohiyatini mahallabay yetkazish borasida har bir mahallada “Tibbiy brigadalar” faoliyat olib boryapti.

Birlamchi bo‘g‘inda umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi hamshiradan iborat tibbiy brigadalar tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Bugungi kunga qadar tumanda jami 106 nafar shifokor, 665 nafar o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat 106 ta “tibbiyot brigadalari” tashkil etildi.

Hisobot davrida “tibbiyot brigadalar”i tomonidan tuman aholisining 254,753 nafari, ya’ni 97,5 foizi xatlovdan o‘tkazildi. Tuman mahalliy budjet hisobidan 80 mln so‘m ajratilib, 110 ta tarozi, 110 ta pulsoksimetr, 110 ta patronaj sumkalari, viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 10 ta glyukometr hamda tuman tibbiyot birlashmasining budjet mablag‘laridan 300 ta o‘lchov lentalari xarid qilindi.

Brigadalarning joylarda faoliyatini jonlantirish.

2021-yil 1-aprel holatiga tumanda 45229 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilib, tumanda yashovchi 261,359 nafar aholining 254,753 nafari ( 97,5% foizi) da antropometrik o‘lchovlar amalga oshirilgan.

     Natijada, 18 yoshdan katta aholi 4 ta guruhlarga  quyidagicha tasniflandi: Shu jumladan:

1-tayanch guruhi - 85144 nafar (50,0 %)

2-past xavf guruhi - 57892 nafar(34,6%)

3-o‘rta xavf guruhi - 21056 nafar (12,6%)

4-yuqori xavf guruhi - 3132  nafar (1,9%)

 Tumanda 5 yoshgacha bolalar, tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, nogironligi bo‘lganlar, qon-tomir, onkologik, endokrin kabi kasalliklarga moyilligi bo‘lgan fuqarolar bilan ishlashning alohida tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2021-yil 25-maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 167 mln so‘mlik 66 turdagi dori-darmonlar birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari orqali aholiga bepul yetkazib berilmoqda.

Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy- sanitariya xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida 2021-yilda 1 ta “Xalqobod” oilaviy shifokor punkti va 1 ta “Do‘stlarobod” oilaviy poliklinikasi tashkil qilindi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Endokrin kasalliklarni erta aniqlash va davolash maqsadida endokrinologiya bo‘limini ochish va  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi va bu boradagi ishlar izchil yo‘lga qo‘yildi.

Tumanda, xususan tumanning olis hududlarida yashovchi qandli diabed kasalligi bilan xastalangan fuqarolarga insulinni yetkazib berib turish.

Tuman aholisi orasida 1200 dan ziyod qandli diabetga chalingan bemorlar bo‘lib, bu bemorlarga insulin va qandli diabet kasalligida qo‘llaniladigan dorilar imtiyozli ravishda bepul ta’minlanyapdi.

Ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan birlamchi bo‘g‘inda aholi o‘rtasida kasallikning oldini olish va erta aniqlash maqsadida muayyan kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, onlayn konsiliumlar, maslahat va namoyish operatsiyalarini videokonferensaloqa orqali o‘tkazib borish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

2021-yil aprel va may oylarida Respublika tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi direktori professor H.Akilov boshchiligida mutaxassislar guruhi tomonidan 4-guruhga mansub aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘kazilib, bemorlar tuman, viloyat va Respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanishi bo‘yicha saralandi.

Tuman aholisi orasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, ya’ni "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ga kiritilgan fuqarolarning tibbiy yordamga muhtojlari to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Ulardan yuqori texnologiyali tibbiy yordamga muhtoj 69 nafarining ro‘yxati shakllantirilib, tegishliligi bo‘yicha yurak qon-tomir tizimi, suyak va mushak tizimi kasalliklari bo‘yicha ajratilib, mablag‘ masalasi hal etilyapti.

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoit yaratish borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Payariq tumanida jami 251 808 ta aholi istiqomat qiladi shundan 0-30 yoshgacha 129 865 nafar, 18-30 yoshdagi 49 248 nafar yoshlar mavjud.

Tumandagi 65 ta mahallalarda 44 006 ta xonadon uyma-uy yurilib, 18-30 yoshdagi 44 252 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazildi (shundan, yerkaklar – 22 548 nafar, xotin-qizlar – 21 704 nafar).

Ushbu yoshlarning 34 689 nafari (64.7 foiz) davlat, nodavlat, xususiy sektor va ta’lim sohasida rasman band hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar, 65 ta mahallalarda o‘rganish lozim bo‘lgan 49 248 nafar yoshlarning 44 252 nafari (89.9 foiz) bilan birma-bir muloqot qilinib, shundan, “Yoshlar daftari”ga 3947 nafar (8 foiz) yoshlar kiritildi.

Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 3 890 nafar (98,6 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda tuman bo‘yicha 57 nafar (1.4 foiz) yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda.

Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 3 890 nafari (98,6 foiz) 1738 nafariga (44,6 foiz) “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 521,4 gektar yer maydonlari ajratildi.

784 nafariga subsidiya ajratilganlar mehnat qurollari uchun, 406 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 678 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 41 nafar yoshlar ustoz shogirt asosida hunarmandlarga biriktirildi, 27 nafar yoshlar yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda,

194 nafar yoshlarga ijtimoiy qo‘llab-quvattlash orqali yordam ko‘rsatilgan bo'lsa, 21 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasini olishlari uchun to‘lovlar amalga oshirildi.

1-chorak boshida 462 mln so‘mni tashkil etgan, 1-chorak rejasi 1 mlrd 306 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, mahalliy budjetga kelib tushgan daromadlar 274 mln so‘mni tashkil etagan, shundan mart oyida 190 nafar yoshlarga 186 mln 200 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam uchun mablag‘ ajratilgan. 1-chorak yakuniga ko‘ra Yoshlar jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘ miqdori Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘ 274 mln  so‘m (orttirib bajarilgan qismiga nisbatan 9 %), MIBdan o‘tkazilgan mablag‘ 196 ,3 mln  so‘m,  jami 932,3  mln  so‘mni tashkil qilgan.

2-chorak rejasi 14 mlrd 707 mln  so‘mni tashkil etgan, mahalliy budjetga kelib tushgan daromadlar 16  734 mlrd 673 mln so‘m tashkil etagan,  2-chorak yakuniga ko‘ra Yoshlar jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘ miqdori Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘ 304 mln  so‘ml (orttirib bajarilgan qismiga nisbatan 15 %), MIBdan o‘tkazilgan mablag‘ 177 mln  so‘ml jami 481 mln  so‘mni tashkil qilgan.

 3-chorak holatiga 1 mlrd 563 mln so‘mni tashkil etadi.

Matbuot anjumani so'ngida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. 

 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM