Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar:
 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq va obod mahalla dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayyonnomasi 7-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayn tizimga maʼlumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

2. Tuman xalq ta’lim bo‘limi mudiri B.Norqo‘ziyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining ijrosi to‘g‘risida hisoboti;

3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi J.Abilovning tumanda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z muddatlarida to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan hisoboti;

4. Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 27,43,81-maktab direktorini Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nomzodlar tanlab olish va tavsiya etish to‘g‘risida;

5. Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Begimkulovning tumanda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti va boshqa masalalar.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM