Murojaat tuman hokimi tomonidan joyida o'rganildi

Joriy yilning 9-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Chelak shahri "Qumchuq" mahallasi fuqarolari tomonidan yo'lni asfaltlash masalasida murojaati e'lon qilindi.

Ushbu murojaat asosida, bugun tuman hokimi  4-sektor rahbari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida mazkur hududda bo'lib, fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida murojaatda ko'rsatilgan mahalladagi "Fozil Yo'ldashev" ko'chasiga asfalt qoplamasi yotqizib ta'mirlash bu yil ta'mirlanadigan yo'llar manzilli ro'yxatida mavjud emasligi sababli joriy yilda ta'mirlash imkoni yo'qligini, 2022-yil dasturiga kiritish bo'yicha Xalq deputatlar Kengashiga taklif berilishini va dastur asosida yil yakuniga qadar yo'l ta'mirlanishini, bundan tashqari ko'chaning bir tomonida gaz keltirilganligi hamda kuz-qish mavsumi munosabati bilan ta'mirlash ishlari yakunlangandan so'ng qolgan qismida ham tabiiy gaz bilan ta'minlanishi maʼlum qilindi. Shuningdek, hozirda ko'chaga tungi yoritgich chiroqlari o'rnatilmoqda.

2015-2021 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM