Ilm olish va uning afzalliklari

Yurtimizda boshqa rivojlangan mamlakatlar singari, taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

 

Negaki mamlakatning kelgusi ravnaqi, o‘sib kelayotgan yoshlarning ilmi, qobiliyat va isteʼdodi, va shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Huddi shu maqsadda DIQ Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining Payariq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi- A.Aminxonov hamda tuman bosh imomi yordamchisi J.Jamuratovlar hamkorligida tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 73-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Ilm olish va uning afzalliklari” mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida Farzandlarimizning bilim va kasb-hunarli, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishini taʼminlash, bugungi kundagi asosiy vazifa sifatida belgilanligi hamda ilm olish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar mavjudligi va bu imkoniyatlardan o‘quvchi yoshlarning unumli foydalanishi lozimligi xususida so‘z bordi.

2015-2021 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM