12-umumiy o‘rta ta’lim maktabning quvvati 784 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda 552 nafar o‘quvchi 0,7 navbatlilikda ta’lim olishadi

Joriy yilning 14-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Madaniyat” mahallasi "Qoraxoni" qishlog‘i fuqarolarining bir necha masalalarda murojaatlari e'lon qilindi. Hududdagi maktab filialini ta'mirlash, yo'llar ta'miri va tabiiy gaz muammolari shular jumlasidandir.

Tumanda 2021-yil “Investisiya” dasturi asosida 2 ta 19-62-umumiy o‘rta ta’lim maktablari mukammal ta’mirlanmoqda. “Obod qishloq” dasturi asosida 2 ta  21- va 60-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qo‘shimcha bino qurish ishlari bajarilgan bo‘lib, joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida saylov uchastkasi mavjudlarida 7834,367 mln so‘mlik qurulish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

Shu qatorda 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 708 mln so‘mlik qurilish ishlar bajarilgan.

12-umumiy o‘rta ta’lim maktabning quvvati 784 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda 552 nafar o‘quvchi 0,7 navbatlilikda ta’lim olishadi.

“Madaniyat” MFY, Qoraxoni qishlog‘ida joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabning filial binosi 1990-yilda hashar yo‘li bilan xom g‘ishtdan qurilgan. Quvvati 60 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda 72 nafar o‘quvchi 1,2 navbatlilikda ta’lim olishadi.

Filial binosi asosiy maktab binosidan 3,5 km uzoqlikda joylashgan. 2018-yilda filial binosini mahalliy buydjet mablag‘lari hisobidan 65,0 mln so‘mga joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

2021-yilda filial binosini to‘liq jihozlar bilan ta’minlangan. Homiylar hisobidan o‘quvchi doskalari olib berilgan. 2020-yilda filial binosini isitish tizimi to‘liq ta’mirlanib, 1 dona isitish qozoni o‘rnatildi.

Hozirgi kunda filial binosini o‘rniga yangi maktab binosi qurib berish to‘g‘risida fuqarolardan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar joyiga borib o‘rganilmoqda. Murojaat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishga qaramasda murojaatchilar maktab binosi qurib berishni so‘rashmoqda.

Ushbu filial binosiga 2021-yilda 1 dona Yarmazar-30 isitish qozoni o‘natish rejalashtirilgan va rekonstruksiya qilish uchun 2022-2023-yillarda dasturga takliflar berilgan.  

Shuningdek, murojaatda ko'rsatilgan ko'chalar 2021-yil ichki yo'llarni ta'mirlash dasturiga kiritilmaganligi, 2022-yilga mo'ljallangan Davlat dasturiga kiritish to'g'risida taklif berilishini, bundan tashqari Payariq tuman hokimining 2015-yil 3-avgustdagi 992-Q sonli qaroriga asosan "Madaniyat" mahallasi ham tabiiy gaz tanqisligi sezilgan hududlar ro'yxatiga kiritilganligi, hududni tabiiy gaz bilan ta'minlab berish imkoni yo'qligi bois tuman gaz ta'minoti bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM