Kuzgi shudgorlash va tomorqadan samarali foydalanish dolzarb vazifa

Joriy ylning 24-noyabr kuni tuman hokimi Z.Ergashev boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari va o'rinbosarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda har bir mahallada raislar, tegishli o'rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari xonadonma-xonadon yurib "dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida ko'chat ekish, aholi tomorqalaridan foydalanish, kuzgi shudgorlash ishlarini kechiktirmay bajarish yuzasidan o'rganish ishlarini olib borish, bundan tashqari, tomorqalarda to'qsonbosti ekinlarini ekish xususida so'z bordi.
Albatta, har bir xonadon egasi tomorqasidan samarali foydalanishi kelgusida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini bozorlardagi narx-navosining barqarorligiga sabab bo'ladi. Yuqoridangilardan kelib chiqqan holda mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM