Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun o'tkazilgan saylov najitalari e'lon qilindi

Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani kengashining 50-sessiyasida Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Payariq tuman saylov komissiyasi raisi Eshbekov Murod Abdimusayevichning axboroti tinglandi.

Komissiyasi raisi 2022-yilning 9-yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi 10-O‘rtato‘sin, 23-Chandir hamda 27-Oqqo‘rg‘on okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylov bo‘lib o‘tganligi bo'yicha ma'lumot berdi. Unga ko'ra, 0-O‘rtato‘sin okrugidagi saylovchilarning 2 615 nafar saylovchilari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz bergan. Bu umumiy saylovchilar sonining 58.2 foizini tashkil etadi. Saylov yakunlari bo‘yicha jami 1 nafar deputat, O‘zXDP partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Abdurashidova Aydin Munosibovna 2 615 ta ovoz to‘plab 10-O‘rtato‘sin okrugiga deputat etib saylangan.

- Xuddi shunday, 9-yanvar kuni 23-Chandir okrugidagi saylovchilarning 3 438 nafar saylovchilari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berdi. Bu umumiy saylovchilar sonining 65.2 foizini tashkil etadi. Saylov yakunlari bo‘yicha jami 1 nafar deputat, Adolat SD partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod O‘rolov Zafar Munosibovich 3 438 ta ovoz to‘plab 23-Chandir okrugiga deputat etib saylandi, - deydi Murod Eshbekov.

27-Oqqo‘rg‘on okrugidagi saylovchilarning 1 288 nafar saylovchilari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berdi. Bu umumiy saylovchilar sonining 64.8 foizini tashkil etadi. Saylov yakunlari bo‘yicha jami 1 nafar deputat, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Mirzaqulov Shoxrux Urinovich 1 288 ta ovoz to‘plab 27-Oqqo‘rg‘on okrugiga deputat etib saylangan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM