Payariqda fermer xo‘jaligidan kredit qarzi undirildi

Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi ish yurituviga Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 17 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor “Maqsudjon nurli dalasi” feremr xo‘jaligidan undiruvchi “Agrobank” tuman filiali foydasiga 83 mln. 485 ming so‘m asosiy kredit qarzi va 696 ming so‘m foiz qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati  kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Maqsudjon nurli dalasi” feremr xo‘jaligidan undiruvchi “Agrobank” tuman filiali foydasiga 83 mln. 485 ming so‘m asosiy kredit qarzi va 696 ming so‘m foiz qarzini undirish undirildi.

 

Komiljon DUSHANOV, 
Byuroning Payariq tuman bo‘limi 
davlat ijrochisi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM