TIBBIYOT BIRLASHMASIGA ISHGA KIRITAMAN DEB...

Sudlanuvchi B. T.  tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamshirasi vazifasida ishlab kelib, firibgarlik yo‘li bilan mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida

Payariq tumani, “Farovon”MFY, Yashnaobod ko‘chasida yashovchi N. F.ning ishga kirish istagi borligini bilib, uni pora berishga dalolat qilib, uni o‘zi ishlab kelayotgan Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga birlashma mansabdor shaxslari orqali 600 AQSH dollari evaziga joylashtirib berishini va’da qilib, uning ishonchiga kirib, aldab, mansabdor shaxslarga pora berishga qiziqtirib, 2021-yil 26-fevral kuni tuman tibbiyot birlashmasi hududida F.N.dan 6.326.604 so‘m qiymatga teng bo‘lgan 600 AQSH dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 
B. T. Payariq tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamshirasi vazifasida ishlab kelib, takroran firibgarlik yo‘li bilan mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida Payariq tumani, “Toxirshayx” MFY, “Toxirshayx” qishlog‘ida yashovchi R. U.ning ishga kirish istagini bilib, uni pora berishga dalolat qilib, uni o‘zi ishlab kelayotgan Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga birlashma mansabdor shaxslari orqali 600 AQSH dollari pul mablag‘lari evaziga joylashtirib berishini va’da qilib, ishonchiga kirib, aldab, mansabdor shaxslarga pora berishga qiziqtirib, 2021 yil 4 iyun kuni U.R.dan uni Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga qo‘yish uchun 3.165.222 so‘m qiymatga teng bo‘lgan 300 AQSH dollarini U.R.ning yashash uyi darvozasi oldida olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazolarni to‘liq qo‘shib, uzil-kesil o‘tashi uchun 1 (bir) yil muddatga davlat ishtirokidagi tibbiyot muassasalarida hamshira vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilish, 36.750.000 (o‘ttiz olti million yetti yuz ellik ming) so‘m jarima, 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi B. T.ga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan shartliga almashtirilib, 1 (bir) yil sinov muddati belgilandi.

 

M.Ergashev,
 Samarqand viloyat sudining sudyasi.                                    
Sh.Sharipov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq 
tuman sudining raisi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM