Tumanda may oyi davomida byudjedga qancha mablag’ tushurilishi ta’minlandi

Payariq tumani davlat soliq xizmati organi tomonidan 2022-yilning may oyi davomida jami byudjedga 6 milliard 755,7 million so‘m mablag’ tushurilishi ta’minlandi.

Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 4 milliard 185,4 million  so‘mi, ya’ni 62,0 foizi yuridik shaxslar, 2 milliard 570,3 million so‘mi yoki 38,0 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 3 milliard 588,3 million  so‘m yoki 53,1 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1 milliard 255,1 million  so‘m yoki 18,6 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i,  398,7 million  so‘m yoki 5,9 foizini yuridik shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i, 576,1 million  so‘m yoki 8,5 foizini aylanmadan olinadigan soliq, hamda qolgan 1 milliard 387,5 million so‘m yoki 20,5 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi. Bundan tashqari jismoniy shaxslarning 2022-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari undiruv holati  1-iyunga qadar 5 mlrd. 531,5 million  so‘m yoki 26,2 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda Payariq tumanida 3650 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Shundan may oyi davomida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 3275 ta korxonaning  375 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 169 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi. 

 Samarqand viloyati Payariq tumani davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 401 ta korxonadagi 567 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. 

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 27 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 253 nafar, hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 287 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 102,0 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi. 

Joriy yilning may oyida “Soliq hamkor” dasturi orqali Samarqand viloyati Payariq tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliqqa oid huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 19 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 13 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 13 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 8,5 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM