Qidiruvdagi shaxs topildi va jazoga tortildi

Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.K. dan undiruvchi A.Sh. foydasiga ikki nafar farzandi foydasiga moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor X.K. shu paytgacha ancha miqdordagi aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.
Qarzdor shu kunga qadarli aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelib, yashash manzilini norasmiy o‘zgartirib, yashirinib, ijro harakatlariga to‘sqinlik qilib kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan fuqaro-qarzdor X.K.ga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qidiruv qarori boshqarmaning qidiruv shoʻbasiga yuborilgan.
Qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor X.K. Toshkentd shahridan ushlanib, Payariq tumaniga keltirildi. Tushuntirishlar ham foyda bermagach, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudiga yuborildi. 
Sud tomonidan qarzdorga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-(4)-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

 

Akrom ERMATOV,
Byuroning Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM