Saylov jarayonlari qonunga muvofiq o'tkazilgan

Joriy yilning 2-iyun kuni telegram kanallar orqali "Navro'z" mahallasida o'tkazilgan mahalla raisi (oqsoqli) saylovlaridan norozi fuqarolarning murojaati e'lon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tuman saylov komissiyasi hamda sohaga oid tashkilotlar mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi rahbari F.Qudratullayev saylov kuni saylovda ishtirok etish uchun saylangan vakillarning 194 nafaridan 148 nafari saylovda ishtirok etayotganligi hamda saylovni boshlash uchun saylovchilar soni yetarli ekanligini ma’lum qilganligi, saylov jarayoniga saylangan vakillardan 29 nafari saylov boshlangandan so‘ng kelib, jami 177 nafar saylovchi saylovda ishtirok etib munosib nomzodlarga ovoz berishganligi ma’lum bo‘ldi.
“Navro‘z” mahallasida bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-obtyabrdagi O‘RQ-499-son qonuni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov to‘g‘risidagi konun mazmun-mohiyati ma’lum qilingan va Qonuniga muvofiq o‘tganligini va qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilmagan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM