Sport klubi binosi va futbol maydonchasi xatlanib, auksionga chiqarildi

Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituvida iqtisodiy sudning sud hujjatiga qarzdor “Uzakova Parvina” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB “Mikrokreditbank” viloyat filiali foydasiga 442 mln. so‘m kreditni undirish, undiruvni mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan ikki qavatli sport klubi binosi va futbol maydonchasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan ikki qavatli sport klubi binosi va futbol maydonchasi xatlandi.
Hozirda bu ko‘chmas mulklar auksion savdolariga chiqarilgan. Savdodan tushgan mablag‘dan tegishli qismi esa kredit qarzdorlikka o‘tkaziladi.

Farrux IBRAGIMOV,
Byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM