Probasiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar bilan sayyor sud muhokamosi o‘tkazildi 

Bugun Payariq tumani Chelak madaniyat uyida Probasiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan “Sayyor sud” muhokamosi o‘tkazildi. 

Sud jarayonida 120 nafar nazoratdagi shaxslar ishtirok etib, unda Payariq tumani IIB JXX Probasiya guruhi hisobida turgan mehnatga halol munosabatda bo‘lgan tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 3 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxslarning jazolari muddatidan oldin shartli ozod etildi.
Biroq, berilgan imkoniyatdan o‘ziga tegishli xulosa qilmagan, 4 nafar ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan qastdan bo'yin tovlab kelayotgan shaxslarning jazosi, 1 nafar ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qastdan bo'yin tovlab kelayotgan shaxsning jazosi ozodlikndan mahrum qilish jazolariga almashtirildi va sud zalining o‘zida qamoqqa olindi, 1 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qastdan buyin tovlab kelayotgan shaxsning jazosi esa og‘ir turdagi jazoga almashtirildi.
Sud jaroyonida, ishtirok etgan nazorat ostidagi shaxslar, imkoniyatlardan foydalanmaslik, xatolarga yo‘l qo‘yish, jazoni o‘tashdan bo‘yin tavlash, qanday yakun topishini tushunishlariga imkon berdi. 
Sudda, JIB Payariq tuman sudining raisi Sh.A.Sharipov va tuman IIB boshlig‘ining JXX bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Do‘sanov, Probasiya guruxi xodimlari ishtirokida nazorat ostidagi shaxslar bilan hozirgi vaqtda davlatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, takroriy jinoyatlarga va huquqbuzarliklarga qo‘l urmaslik to‘g‘risida tushunchalar berildi. 

Sh.Sharipov,

Jinoyat ishlari bo'yicha Payariq tumani sudining raisi

M.Maminov,

Payariq tuman IIB JXX Probasiya guruhi katta inspekori mayor
S.Nurmuhamatov,
Payariq tuman IIB JXX Probasiya guruhi inspekori kapitan

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM