Davlat xizmatlari markazlari orqali "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini olish" xizmat turi ko‘rsatilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi 495-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning" Ma’muriy reglamenti asosida xizmat ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul.
Ariza berilgandan so‘ng 5 ish kunida murojaatchiga QR-kodli ma’lumotnoma taqdim etiladi. 
So‘rovnomaga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
-F.I.O
-Tug‘ilgan yili va sanasi
-Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzil
-Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami
-Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)
-Telefon raqami
-O‘qishga qabul qilingan sana
-O‘qish tugatilgan sana
-Ta’lim muassasasining o‘qigan davridagi nomi
-Ta’lim muassasasining hozirgi nomi (agar ma’lumot mavjud bo‘lsa)

2015-2022 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM