Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan press-tur o'tkazildi

Bugun Payariq tumanida Respublika Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Payariq tumani hokimligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi hamkorligida  mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan press-tur o'tkazildi.

Tur ishtirokchilari tumandagi "Choshtepa" mahallasida bo'lib, u yerda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan davlatimiz rahbarining 2021 yil 23-noyabrdagi 20-son qarori asosida ijtimoiy daftarda turgan fuqarolarga berilgan yerlarga ekilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Mahallada "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida aholiga 10 yilga ajratilgan yer maydonlariga "Bamya" shifobaxsh o'simligi ekilgan bo'lib, aholiga eksportyor MChJ tomonidan yetkazib berilmoqda. O'simlik hosili eksportbop va ko'pincha ovqat hazm qilish traktining turli muammolari uchun va diabet mellitusli bemorlar uchun yon profilaktika sifatida tavsiya etilishi b'yicha hokim yordamchisi R.Yunusov tomonidan jurnalistlarga ma'lumot berib o'tildi.
Shuningdek, jurnalistlar mahalladagi Alisher IIdrisov xonadonida bo'lishdi. Hokim yordamchisi tashabbusi va tavsiya bilan kredit ajratilib, xonadonada parranda yetishtirish uchun inkubator olingan bo'lib, bugungi kunda 1 oyda tovuqning zotdor turlaridan 550-600 ta yetishtirib, mahalliy aholiga yetkazib bermoqda.

2015-2022 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM