“Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi”

Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuman targ‘ibot guruhi rahbari N.Nurmatova, tuman otinoyisi M.Xatamova hamda DIQ tuman bosh mutaxassisi A.Aminxonovlar hamkorligida “Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda viloyat targ‘ibot guruhi rahbari S.Zoxidova, viloyat bosh otinoyisi N.Temirova, viloyat diniy qo‘mita bosh mutaxassisi S.Najmiddinovalar ishtirok etishib, “Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida kiyinish madaniyati, tinchlikni oliy ne’mat ekanligi haqida ma’ruza qilishdi. 
Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo‘lib tarbiya topishiga erishishdir.
Albatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga bo‘lgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi.
Shuninigdek, tadbirda bugungi kunda kundalik hayotimiz davomida uchrab turgan turli illatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ishtirokchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, tayyorlangan ma'ruzalari orqali ochiqlab berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM