Fermer va dehqon xo`jaliklarining daromadini ko`paytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitda qishloq xo‘jaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biridir. Shunday murakkab pallada dehqonu fermerlarimiz har qachongidan ko‘ra ko‘proq mas’uliyat bilan ter to‘kmoqdalar.

So‘nggi yillarda dehqonlarimizning samarali mehnati va sohada ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida mo‘l hosil olish imkoniyati kengayib bormoqda.

Jumladan tumanda aholi tomorqa yer maydonlarida meva-sabzovat, polis, dukkakli, uzum, va boshqa ekinlar etishtirilmoqda  agrar sohada bozor tamoyillari keng joriy qilinishi natijasida fermer va dehqonlarimizning ish samaradorligi va moddiy manfaatdorligi oshib bormoqda. Ilgari foydalanishdan chiqqan yerlar o‘zlashtirilmoqda.

Aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash, shuningdek, iste’moldan ortig‘ini Respublika ichki bozorlariga, qayta ishlash korxonalariga hamda eksportga yo‘naltirish maqsadida, 2022 yilda go‘sht, tuxum, baliq, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa turdagi oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirishning aniq hajmlari qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon va aholi tomorqa xo‘jaliklari kesimida belgilab olindi.

Bugun fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‘jaligida asosiy kuch bo‘lib, klasterlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan Davlatimiz rahbarining yoshlarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish siyosatini fermerlar qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, ularga qariyb 60 ming gektar yer ajratib berildi, tajribali fermer va dehqonlar biriktirilib, har tomonlama ko‘maklashilmoqda.

Bunday yerlarda dehqonchilik qilayotgan shijoatli, g‘ayratli yoshlarimiz bugun birinchi hosilni yig‘ishtirib olishayapti va ikkinchi ekinni ekishni boshlab yuborishdi.

Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz Hukumatimiz tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, soliq imtiyozlari berilmoqda. Shuningdek, tuman sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, Fermerlar kengashi xodimlari ko‘chat va boshqa moddiy texnika resurslari bilan ta’minlashda hamda yetishtirilgan hosilni realizasiya qilishda meva-sabzavot klasterlari, “Tomorqa xizmati” MCHJlar, eksportyor korxonalari tomonidan yaqindan ko‘mak beriladi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM