Takroriy ekin qo'shimcha daromad manbai

Payariq tumanida g'alladan bo'shagan yerlardan fuqarolar uchun takroriy ekin ekish va daromad manbayiga ega bo'lishlari uchun yer maydonlari ajratib berilishi davom etmoqda.

Avgust-sentabr oylarida piyoz hamda sarimsoq piyoz, noyabr-dekabr oylarida esatuqsanbosti usulida sabzavod va ko‘katlar ekilishi belgilangan.
Tumanning "Bobor" mahallasida tashkil etilgan seminarda to‘qsonbosti ekinlarini ekish, sog‘orish va parvarishlash, yuqori hosildorlikka erishish sirlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Seminarda Respublika Fermerlar kengashi bo'lim boshlig'i N.Mirabdullayev va viloyat, tuman mutaxassislari, Fermer, dehqon xo‘jaliklar va tomorqa yer egalari Payariq tuman kengashi vakillari, dehqonlar, mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Ayni paytda mahalladagi "Axtamov Iftixor" fermer xo'jaligidan 4 gektar yer maydoni "Ayollar daftari" da turgan fuqarolarga ajratib berilib, u yerda sarimsoq piyoz ekish ishlari olib borilmoqda.
Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi xonadonlarida ham to‘qsonbosti ekinlarini ekish ishlarini bo'yicha ishlar avom etmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM