Qurilish sohasida klaster tizimini yo'lga qo'yish borasida Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida

Bugun Payariq tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jahongir Abdullayev ishtirokida “Qurilish sohasida klaster tizimini yo'lga qo'yish borasida Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Payariq tumani Polvonariq mahallasida Xitoy xalq Respublikasining investorlari tomonidan g‘isht ishlab chiqarish yo‘nalashi bo‘yicha ”Dong Liu qurilish materiallari” MChJ shaklidagi xorijiy korxona tashkil etilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 3,0 mln. AQSh dollarga teng. Yillik g‘isht ishlab chiqarish quvvati 30 mln. donani tashkil etadi. ”Dong Liu qurilish materiallari” Ma’suliyati Cheklangan Jamiyatida hozirgi kunda 15 ta ish o‘rni shakllantirilgan hamda har mavsum davrida ishlab chiqarish hajmiga qarab 30 tadan 45 tagacha ishchi o‘rni yaratiladi.

Tumanimizning Choshtepa mahallasida joylashgan “Me’yor Qurilish Asfalt” MChJ tomonidan bugungi kunda har xil turdagi qurilish materiallarini, jumladan shag‘al, beton quvurlar, asfalt, temir beton qurilish materialarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda haridorlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda 45 ta ish o‘rni yaratilgan va uch yil mobaynida viloyat bo‘ylab 8.8 kilometr ta’mirtalab yo‘llarni ta’mirlab 79 mlrd so‘mga yaqin ishlarni bajarib kelmoqda.

Farovon mahallasida o‘z faoliyatin olib borayotgan  “Payariq Zafarjon Metal” Oilaviy korxonasi tomonidan bino va inshootlarni qurilishida tom qismlarini yopishda foydalaniladigan har xil turdagi tunuka (prof nastil) qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda shlaka blok ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, 2020-2022-yillar davomida ushbu oilaviy korxona tomonidan qurilishda ishlatiladigan 735 tonna tunuka (prof nastil) va 2 mln dona blok g‘isht ishlab chiqarilib, tumanimizdagi bino va inshootlarni qurilishida foydalanilmoqda. “Payariq Zafarjon Metal” Oilaviy korxonasida hozirgi kunda 47 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ish hajmining ortishiga qarab ishchi o‘rnini ham ko‘paytiradi

Anjuman davomida Jahongir Abdullayev qurilish sohasida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xaritalari tuzilib, bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligini bildirib o'tdi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM