Har bir rahbar obodonchilik ishlariga befarq bo'lmasligi lozim

Bugun Payariq tuman sektor rahbarlari tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumanning kirish qismidan boshlab markazgacha bo'lgan qismida obodonashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

O'rganish davomida tuman hokimi Z.Ergashev asosiy yo'lning ikki yon qismida obodonlashtirish ishlari qoniqarli darajada emasligi, tadbirkorlar tomonidan ko'chaning muhofaza hududi noqonuniy ravishda egallab olinganligi, tashqi reklama va e'lonlar qonun talabariga zid ravishda o'rnatilanligi tanqid ostiga olindi. Jumladan, Qumchuq mahallasiga kirish qismi yo'l yoqasida joylashgan do'konda tadbirkor tomonidan turli chiqinchilarni belgilanmangan hududga tashlash holati aniqlandi. Tadbirkorga chiqindilarni zudlik bilan olish chiqish va kelgusida bu kabi holatlarni takrorlamasligi bo'yicha tushuntirish berildi. Shuningdek, tuman hokimi ko'cha yodasida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari atroflarida obodonlashtirish ishlari yetarli darajada emasligini ta'kidlab o'tdi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ishchi guruh tuzilib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga zarur ko'rsatmalar berildi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM