Qarzdorlik evaziga  avtomashina xatlandi

Ijtiomiy tarmoqlar orqali aliment to'lovi bilan bog'liq murojaat e'lon qilindi. Holat bo'yicha Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 04.02.2015 yildagi qarzdor F.R. dan undiruvchi N.R. ning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati sobiq sud ijrochilarini Payariq tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga 09.03.2015-yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijroga qaratilgan bo‘lib, mazkur ijro hujjati undiruvchi N.R.01.08.2016-yildagi murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida» gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandi bilan ijro qilmasdan o‘ziga qaytarilib, ijro ishi yurituvi tamomlangan.
Undiruvchi N.R. ning 04.09.2017-yildagi murojaatiga asosan ijro hujjati qaytadan ijroga qaratilgan.
Bundan tashqari, FIB Payariq tuman sudining 04.05.2015-yildagi qarzdor F.R. dan undiruvchi N.Ra.ning foydasiga 18.01.2013-yilda tug‘ilgan S.X. ni uch yoshga to‘lgunicha qadar har oyda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida moddiy ta’minot undirish belgilangan.
Mazkur sudning 01.05.2017-yildagi qarzdor F.R. dan undiruvchi N.R. ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun uning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ijro ishi yurituvida mavjud.
Davlat ijrochisining 15.02.2020-yildagi qarori bilan qarzdor F.R. ning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdordan 04.08.2022-yildagi to‘lov hujjatiga asosan 2.000.000 so‘m, 31.08.2022-yildagi to‘lov hujjatiga asosan 2.000.000 so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchining yashash manziliga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilishi ta’minlangan.
Qarzdor aliment va moddiy ta’minot pullarini o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, joriy yilning sentabr oyiga qadar 21.997.857 so‘mni tashkil qilgan va olib borilgan ijro harakatlari davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi ro'yxatga olinib, Chelak shahar avtomobillarni vaqtincha saqlash jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hozirda avtotransport vositasini baholash va elektron auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM