Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

“Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi   2022-yil 7-aprel  PQ-198-son

Mamlakatimizda pensiya, nafaqaa, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash va yetkazib berishda fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, to‘lov tizimining zamonaviy usullarini keng joriy etish hamda mazkur sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
  
AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatildi;

barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilindi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechildi;

A.Tursunov,

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Payariq tuman bo’lim boshlig’i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM