PAYARIQ TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI BINOSIGA QUYOSH PANELLARI O‘RNATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish zarurligi yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasiga 24 ta muqobil energiya manbalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, olis hududlardagi "Mahalla tibbiy punkt" lariga ham quyosh panellari o'rnatildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM