1-3-dekabr kunlari Payariqda qo'mondonlik-shtab o'quv mashqi o'tkaziladi

Payariq tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat hududiy quyi tizimi boshqaruv organlarining kuch va vositalari bilan joriy yilning 1-3-dekabr kunlari bo'lib o'tadigan qo'mondonlik-shtab o'quv mashqini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Muhokamada tuman hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig'i Z.Ergashev, tuman prokurori, Samarqand viloyati FVB bo'lim boshlig‘i mayor Sh.Ahmedov, Payariq tumani FVB boshlig‘i kapitan E.Boyzakov, qo'mondonlik-shtab o'quv mashqini o'tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.

Qo'mondonlik-shtab o'quv mashqini yuqori darajada o'tkazish, amaliy tadbirlarni to'liq bajarish, FVDqTning boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarlik darajasini ta'minlash hamda harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda FVDqT kuch va vositalarini harakatlarini muvofiqlashtirish, favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda aholini to'g'ri harakat qilishga o'rgatish, xavfli hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni ko'chirishni qisqa muddatlarda amalga oshirish choralarini ko'rish, ko'p sonli jabrlanganlami tibbiy saralash, evakuatsiya va birinchi yordam ko'rsatish amaliy harakatlarini tekshirish va shu kabi qator masalalar muhokama etildi va  favqulodda holatlarda harakatlanish rejasi yuzasidan ma’lumot va tushunchalar berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM