Sobiq bosh shifokor munosib kuzatildi

Bugun Payariq tumanining sobiq bosh shifokori Murod Eshbekov Ishtixon tumani bosh shifokori etib tayinlangani munosabati kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi Z.Ergashev, viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari S.Zayniyev, sektor rahbarlari hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbar va xodimlari ishtirok etgan tadbirda M.Eshbekovning qariyb 4 yil mobaynida tumanda sog'liqni saqlash sohasidagi samarali mehnatlari, aholi salomatligini mustahkamlashda ko'rsatgan fidokorona xizmatlari hamda tibbiyot tizimidagi olib borgan islohotlari so'zga chiqqanlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir davomida tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi. Viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi O'tamurodov Saidazim Nuriddinovich Payariq tumani bosh shifokori, ko'p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM