Davrimizning global muammolari va O‘zbekiston taraqqiyoti

Payariq tumani hokimi Zafar Ergashev ishtirokida "Davrimizning global muammolari va O‘zbekiston taraqqiyoti" mavzusida anjuman o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022-yilda nashr etilgan “YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI” asarida “Davrimizning global muammolari va O‘zbekiston taraqqiyoti” mavzusiga alohida to‘xtalib, xususan unda XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch keldi. Ushbu muammolar va ularning yechimlariga doir masalalar bugungi kunda nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

 

Avvalo, globallashuv hodisasining o‘zi alohida mavzuga aylandi va bu haqda alohida globalistika fani shakillandi. Global jarayonlar va muammolarning paydo bo‘lish tarixi, bugungi xususiyatlari va darajalari, milliy hamda umuminsoniy jihatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor ortib bormoqda.

Bizning mamlakatimiz uchun ham bunday global masalalar va ularning yechimlariga doir muhim vazifalarni ado etish zaruriyati mavjud, albatta. Bu borada nafaqat global daraja, balki milliy muhitda, ya’ni mamalakatimiz hududida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham talaygina.

Insoniyat tarixining hozirgi davri va bugungi dunyo taraqqiyoti bundan 40-50 yil oldingi hayot voqeliklaridan keskin farq qiladi. Biz endilikda globallashuv jarayonlari har tomonlama avj olayotgan, butun jahonda u bilan bog‘liq o‘zgarish va yangilanishlar shiddat bilan sodir bo‘layotgan zamonda yashamoqdamiz.

Xalqaro maydonda turli manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgani, jahon siyosati va iqtisodiyotida muammolar keskinlashayotgani, dunyoning umumiy manzarasini o‘zgartirish tarafdorlari tobora ortib borayotgani hozirgi global dunyo taraqqiyotiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Payariq tumanida ham tumanimiz umumiy manzarasini o‘zgartirish, hududlarni yashillikka burkash, buning natijasida kelajak avlodga toza havoni muhitini yaratishda zamin hozirlashda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hammamizga yaxshi ma’lumki, yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yil kuz mavsumidagi ustuvor vazifalar yuzasidan umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida jamoatchilikka yuzlangan Davlatimiz rahbari hovli-joyini pok saqlashni, tuproqni, suvni, tabiatni muqaddas deb bilgan xalqimizda oilada farzand dunyoga kelganda unga atab nihol ekishni azaliy qadriyat deb bilganini alohida ta’kidladi.

2022-yil kuz hamda 2023-yil bahor mavsumlarida ko‘chat ekish “Dolzarb 40 kunlik”ni tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga muvofiq tumanda jami 1448 ming tup, shundan 2022-yil

noyabr-dekabr oylarida 543 ming tup, 2023-yil bahor mavsumida 906 ming tup mevali va manzarali nihollar, butalar ekilishi rejalashtirilgan.

2022-yil 28-noyabr holatiga tumanda 543 ming tup rejaga nisbatan haqiqatda 528,2 ming tup (97,3 foiz) mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi ta’minlandi.

“Dolzarb 40 kunlik” “Taraqqiyot” mahallasi hududidagi dalalaridan boshlandi. sektor rahbarlari, korxona, tashkilot mutasaddilari, faol yoshlar ishtirokida 13 gektar ochiq hududga12,8 ming tupdan Pavloniya ko‘chatlari o‘tqazildi.

Fermer xo‘jaligi ekin maydonlariga birinchi navbatda tut ekish tashkil etildi. Bundan tashqari, 30 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ham o‘tqazildi.

Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik ko‘rsatish, katta ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zimizga katta vaziflarni belgilab oldik va 2023-yil bahor mavsumida 906 ming tup mevali va manzarali nihollar, butalar ekilishi ta’minlanadi. 

12 oyda ham sog‘lig‘imiz uchun foydali, ko‘zni quvnatadigan, havoni kislorod bilan boyitadigan, manzarali va mevali ko‘chatlarni ko‘paytiraylik!

Har birimiz o‘z yashash xonadonimiz atrofida kichik bir gulzor barpo etsak, o‘ylaymanki, o‘tgan-ketganning bahri-dili yayraydi, shu xonadon, shu ko‘cha, shu mahallaga harkimning havasi keladi, alloh rizq-baraka beradi.

Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy tadbirida faol ishtirok etib, Jonajon vatanimiz, ona zaminimiz yashilligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM