Ekologik turizm: rivojlanayotgan istiqboli tarmoq

Payariq tumani hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Rashid Niyatov ishtirokida  "Ekologik turizm: rivojlanayotgan istiqboli tarmoq" mavzusida anjuman o'tkazildi.

Ekologik turizm (ekoturizm) diqqatga sazovor joylarni o‘rganish va ulardan zavqlanish uchun tabiatning inson qadami «tegmagan» (nisbatan kam tekkan) joylarga sayohat qilishni anglatadi. Bundan tashqari, sayyohlar uchun ushbu hududlarning madaniy va etnografik xususiyatlari ham qiziq. Ekoturizm mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini va mazkur faoliyat turidan daromad olishini ham ta’minlaydi.

Ammo bunday hududlar ko‘pincha qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari yoki ularga yaqin joylardan tashkil topgan. Ular tarkibida yo‘qolib borayotgan hayvonlar va o‘simliklarning o‘nlab yoki yuzlab turlari mavjud. Ushbu hududlar qonun himoyasida va odatda ommaviy kirish uchun yopiq hisoblanadi. U yerlarga sayyohlar kirib borishi va oqimining ko‘payishi insonning tabiatga qo‘pol aralashuvi demakdir. Bu qo‘riqlanayotgan hududlarning ifloslanishiga olib kelishi va ulardagi ekotizim yaxlitligiga tahdid solishi mumkin.

- Shu maqsadda, tabiatga zarar yetkazmagan xolda tumannnig tog‘ oldi hududlarida, hususan “Nakurt”, “G‘allakor”, “Ko‘lto‘sin” mahallalarida ekologik turizmni rivojlantirish uchun infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish yo‘lida ishlar olib borilmoqda. Xususan, mehmon uylari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, ko‘ngilochar maskanlar va sanitariya gigiena shaxobchalari sonini oshirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. - deydi hokim o'rinbosari anjuman davomida.

Bundan tashqari tumannning “Boshcho‘rosh” mahallasida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda baliqchilik xavzalari atrofida infratuzilma yaratgan xolda ushbu xavzalarda baliq ovlash, qayiqda sayr qilish, suzish kabi xordiq olish xizmatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumaninig “O‘zbekiston” mahallasida “OFDEBZAY” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan eko turizmni rivojlantirish maqsadida strauslar fermasi tashkil qilingan bo‘lib, aholi va sayyoxlar uchun tamosha tadbirlari tashkillashtirilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM