Oila-muqaddas qo‘rg‘on

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi E.Olmosov Payariq tuman hokimligi va Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorligida “Zo‘rovonlikka qarshi 16 kun” dasturi doirasida 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbir o'tkazildi. 

Tadbirda tumandagi mahallalardagi xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlar hamda “Go‘zal”, “Farovon”, “A.Navoiy” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari ishtirokida "Ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish", "Zo‘rovonliksiz oila-farovon hayot siri", "Oila-muqaddas qo‘rg‘on", "Oilaviy zo‘rovonlikni oldini olishda har birimiz ma’sulmiz" mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi tuman sudi tomonidan  joriy yilning o‘tgan davrida oilaviy nizolar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar yuzasidan misollar keltirib, barchani  oilaviy zo‘rovonlikni oldini olish  yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudi

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM