MAQSADLI TIBBIY KO‘RIK

3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan aholini sog‘lomlashtirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot va maqsadli skriningdan o‘tkazish ishlari tuman Tibbiyot birlashmasi Do‘stlarobod OPda bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida viloyat davolash-profilaktika muassasa va Payariq va Chelak hududiy Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan 50 nafar malakali tibbiyot xodimlari hududga safarbar etildi. Salomatlik tadbirlarida 5 ta mahalladagi 3559 ta xonodonda yashovchi 17224 nafar aholi qamrab olindi.

Aholini maqsadli skriningdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik davomida 5-ta (Do‘stlarobod, Navbahor, Polvonariq, Burqut va Ko‘ktepa) mahallalarda istiqomat qiluvchi  1606 nafar fuqarolar qamrab olinib, turli xil kasalliklar aniqlangan 285 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanish uchun tibbiy tavsiyalar berilib, 12 nafar fuqaroga viloyat shifoxonalarida imtiyozli davolanish uchun, 17 nafar fuqaroga tumanda stasionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM