Munosabat

Joriy yilning 21-fevral kuni "Markaziy studiya" ko'rsatuvi orqali Boshqo'rg'on mahallasining ichki ko'chalari ta'mirtalab ekanligi bo'yicha videolavha e'lon qilindi.

Ushbu murojaatda ko'rsatilgan Muxammadi-1 qishlog'ining ichki ko'chasi 1100 metr qismiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi 249-son qaroriga asosan Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi doirasida 2023-yilda ichki yo‘llarni qurish ishlari bo‘yicha manzilli ro'yxatiga kiritilgan.
Ayni kunlarda tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mazkur qishloqning tuproq yo'llarida shag'allashtirish ishlari ham olib borilmoqda.


 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM