Payariq tumanida fevral oyida budjet daromadlari necha foizga bajaraildi?

Payariq tumaniga fevral oyi uchun byudjet daromadlariga 8935,0 mln. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 11146,7 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 124,8 foizga (2211,7 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Shu jumladan, fevral oyida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 682,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 715,2 mln. so‘m (104,9 foiz)ga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan 4330,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 4075,1 mln.so‘m (94,1 foiz)ga, tadbirkorlik faoliyati qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha belgilangan 134,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 196,5 mln. so‘m (146,6 foiz)ga, yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha belgilangan 61,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 82,1 mln. so‘m (134,5 foiz)ga, yuridik shaxslar yer solig‘i bo‘yicha belgilangan 427,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 565,7 mln. so‘m (134,5 foiz) ga, jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha belgilangan 593,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 1088,2 mln. so‘m (183,5 foiz)ga, jismoniy shaxslar yer solig‘i bo‘yicha belgilangan 1062,0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 2402,1 mln. so‘m (226,2 foiz)ga bajarildi.  

Bundan tashqari shuni ta’kidlash joizki, 4-chorakda budjet daromadlariga 28753,9 mln. so‘mlik reja belgilangan edi, haqiqatda esa 30274,9 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 105,3 foizga (1521,0 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Joriy yilning o‘tgan fevral oyida 160 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganildi, shundan 98 tasi ko‘makka muhtoj deb topilib, 76 tasiga soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berildi. 6 tasiga 12.8 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 6 tasiga E-aktiv, 8 tasiga E-ijara, 2 tasiga E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

Tuman bo‘yicha joriy yil fevral oyida 1819 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada “Tikish va bichish” sohasi 441 nafar fuqaro bilan yetakchilik qildi. “Tomorqa, yer chopish” yo‘nalishida esa 227 kishi, 1151 nafar jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

Telegram messenjeridagi “Tadbirkor va soliqchi” guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda.          

Javlon Yadgarov,

Payariq tumani davlat soliqinspeksiyasi boshlig‘i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM