Inson salomatligiga ta'sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun Payariq tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtik va jamoat salomatligi bo’lim boshlig’i Ma'ruf Burhonov "Inson salomatligiga ta'sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib boorish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar" mazvusida matbuot anjumani o'tkazildi.

So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan, tibbiyotning barcha sohalarini jadal rivojlantirish, faoliyatni tubdan takomillashtirish, istiqbolli rejalarni belgilash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

- Xususan, o‘tkazilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi hamda maqsadli emlash tadbirlar natijasida, ayrim kasalliklar tugatildi, ko‘plab kasalliklar dinamikasida keskin pasayish kuzatildi. - deydi bo'lim boshlig'i anjuman avvalida. 

2022-yilda aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va epidemiyaga  qarshi tadbirlarni tashkil etish xamda yuqumli kasalliklar bo‘yicha xavfni erta aniqlash maqsadda  bakteriologiya va parazitologiya laboratoriya taxlilari asosida ishlar  olib borildi. Ular to‘liq tibbiy asboblar va diognostikumlar bilan ta’minlandi.

Tuman SEO va JS bo‘limi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida tuman xududda o‘ta xavfli  yuqumli kasalliklar qayd etilmadi. Mavjud 60 turdagi yuqumli kasalliklardan 30 turidagi yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olindi.

Bo‘lim tomonidan barcha qayd etilgan  kasallik o‘choklarida epidemiologik surishtirish ishlari va yakunlovchi dezinfeksiya tadbirlari olib borildi.

O‘z vaqtida o‘tkazilgan epidemiyaga qarshi tadbirlar natijasida aholi o‘rtasida trixofitiya, qo‘tir va sil kasaliklarining  oilaviy xolatda qayd etilishini oldi olindi.

2022-yilda 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar 13 xildaga boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi:

Bundan tashkari, epidemiologik ko‘rsatmaga asosan tumandagi 5164 nafar o'qituvchilar, 1677 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xodimlari, 10358 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va 3356 nafar tibbiyot xodimlari gripp kasalligiga  qarshi davlat mablag‘lari hisobidan emlandi.

Respublika sanitariya epidemiologiya osoyishtalik xizmatining  amaliy yordami  bilan  400 nafar  qon bilan bog‘liq ishlarda  ishlovchi tibbiy xodimlari virusli gepatit B ga qarshi emlandi.

Tumandagi  kam ta’minlangan va ijtimoiy ximoyaga muxtoj nogironligi bor oilalarning 255 nafar 14 yoshgacha  bo‘lgan bolalari virusli gepatitning A turiga qarshi bepul davlat mablag‘lari hisobidan  emlandi. Shuningdek virusli gepatit A kasalligi bolalar o‘rtasida ko‘plab qayd etilayotganligi va kasallikning  oldini olishning eng samarali usili emlash ekanligini  hisoblanib tumandagi 570 nafar bolalar ota onalar  tomonidan vaksina markazlaridan vaksinalar xarid  qilinib emlandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari olib borilib  75.5 % aholi "Buster" dozalarda va 31.5  % aholi koronavirusga qarshi revaksinatsiya emlash dozalarini oldi.

2022-yilda boshqariladigan va koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlik saqlanib qolindi.

Tumanda aholi o‘rtasida ovqatdan zaxarlanish va botulizm kasalligini oldini olish maqsadida   55 ta oziq –ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, 143 tasi umumiy ovqatlanish korxonalari, 230 ta savdo obyektlar ro'yxati shakillantirilib, sanitariya nazorati o‘rnatildi.

Bo‘lim tomonidan mahallabay ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PF-33-sonli“Mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman SEO va JS bo‘limi 2022-yil 5-apreldagi №14U sonli bo‘yruq ishlab chiqildi va buyruq asosida xodimlar maxallalarga biriktirildi. 4 tasektorga jami 12 ta xodim biriktirildi. Tumanda 65 ta maxalla, 345994 ta xonadon bo‘lib 12 ta biriktirilgan xodimlar  tomonidan  kunlik  ishlar olib borilan. 2022-yil davomida 55 ta mahalla to‘liq o‘rganilgan bo‘lib, jami o‘rganilgan xonadonlar soni 38669 tani tashkil etadi. O‘rganishlar natijasida  38669 ta aniqlangan  kamchiliklar  bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bolalar o‘rtasida parazitologik kasalliklarni oldini olish maqsadida jami 22601 ta laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan shundan 389 nafar bolalarda parazitar  kasallik aniqlangan. Shundan 156 tasida geminalipidoz, 233 tasida entirabioz aniqlangan.

Kasallik  aniqlangan  bolalar  o‘z  vaqtida  davolanishi va qayta tekshiruvdan o‘tishi kerakligi ota-onalarga tushuntirildi.

Tumanda bezgak kasalligini oldini olish maqsadida xam profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinib 3 kundan ortiq isitma qilgan 158 nafar   bemorlardan qon olib tekshirilgan. Tekshirish natijasi bo‘yicha bezgak kasalligi aniqlanmagan.

Bundan tashqari bezgak bo‘yicha nohush hududlarda  bo‘lib kelgan 103 nafar fuqarolar profilaktik maqsadda bezgakga qarshi tekshirilgan.

Bakteriologik laboratoriya tomonidan 2022-yilda jami 23674 ta bakteriologik tekshiruvlar  o‘tkazilgan  bo‘lib, shundan diagnostik maqsadda 126 ta, profilaktik maqsadda 14376 ta, sanitariya bakteriologik tekshiruvlar 9172 ta o‘tkazilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari 1045 ta tekshirilgan bo‘lib shundan 314 ta talabga javob bermaydigan  namunalar aniqlangan. Ushbu namunalar tegishli tartibda is’temoldan olinib, yo‘q qilingan.

Laboratoriya tomonidan  697  ta ichimlik  suv tekshirilgan bo‘lib 54 tasi sanitariya normalaridan yuqori  ekanligi  aniqlandi. Aniqlagan namunalar asosida tuman suv oqava tashkilotiga sanitariya talabnomalar berilgan hamda hamkorlikda suv tarmoqlarida reviziyalar o‘tkazilgan va barcha nuqtalardan qayta namunalar olingan.

Dezinfeksiya bo‘limiga 2022-yil davomida yuqumli kasallik o‘chog‘larida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 294 ta buyurtma tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi MTT laridan, 34 tasi maktablardan va 8 tasi boshqa umumjamoalardan tushgan. Barcha buyurtmalar bo'yicha dezinfeksiya ishlari to‘liq o‘tkazildi.Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtrigan savollarga batafsil javob olishdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM