OTAM, ONAM VA MEN – SPORTCHI OILA

Image_tadbir: 

Samarqand shahrida shu nomdagi musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil turnirning tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 oilaviy jamoa vakillari to‘siqlar osha yugurish, chaqqonlik va merganlik, arqon tortish, mohir hujumchi kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. 

Tayloq tumanidagi “Ravot” mahallasidan Nazarovlar oilasi hamma shartlarni a’lo darajada bajarib, barcha raqiblaridan kuchli ekanligini namoyish etdi.

Ikkinchi o‘rinni Narpay tumani “Do‘stlik” mahallasidan Rashidovlar oilasi band qilgan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa Paxtachi tumanidagi “Xudoyberdi” mahallasidan Ochilovlar oilaviy jamoasi munosib ko‘rildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Rabbimova ishtirok etdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM